Namanganlik 11-sinf o‘quvchisi IELTS imtihonida 8 ballik natijani qo‘lga kiritdi

Namanganlik 11-sinf o‘quvchisi IELTS imtihonida 8 ballik natijani qo‘lga kiritdi

Namangan shahridagi 1- umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Nigina Abdullayeva ingliz tili bo‘yicha xalqaro IELTS imtihonida 8 ballik natijani qo‘lga kiritdi.

 

U so‘nggi ikki yil davomida ingliz tilini chuqur o‘rganish, tinglab tushunish, so‘zlashuv ko‘nikmalarini mukammallashtirish ustida izchil ishlagan.

 

Hozirda Nigina Abdullayeva SAT imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 

 

 

Avvalroq, IELTS dan 9.0 ballni qo’lga kiritgan 17 yoshli Nozima Qadamova haqida xabar bergan edik va u bilan bo’lib o’tgan suhbatni e’tiboringizga havola qilgan edik.