Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshiradi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda.
Yig‘ilish davomida ogironligi boʻlgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashishi ma’lum qilindi.
Jumladan, chet tili boʻyicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qoʻlda yozish imkoniyati boʻlmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi.
“Yoshlarimiz xalqaro olimpiadalarni nazariy qismida har doim yuqori natijalarga erishadi. Lekin, laboratoriya mashqlarini bajarishda amaliy koʻnikmalar kam boʻlgani uchun pastroq ball olayapti.
Endi, Prezident maktablari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi. Xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik koʻradi”, – deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.