Xabaringiz bor, 2025-2026-o’quv yilida Toshkent viloyatidagi 327 ta umumta’lim maktabida yangi baholash tizimi joriy etildi.
Joriy yilning 23-30-oktyabr kunlari mazkur maktablarning 227 tasida onlayn, 45 tasida oflayn, 55 tasida gibrid (5-9-sinflar oflayn, 10-11-sinflar onlayn) tarzda o‘quvchilar 1-chorak yakuni bo’yicha markazlashgan summativ baholash jarayonlarini amalga oshiradi.
Ayni paytda umumta’lim maktablarining 11-sinf o’quvchilari algebra, ingliz tili fanlaridan onlayn jarayonlarda ishtirok etmoqdalar.
Ma’lumot uchun: joriy oʻquv yilining I chorak yakuni boʻyicha bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari uchun choraklik summativ baholash (CHSB) sinovlari markazlashgan tartibda oʻtkazilishi belgilangan.
Unga koʻra:
– 23-30-oktyabr kunlari — onlayn (kompyuterda) shaklda;
– 1-noyabr kuni — anʼanaviy (qogʻozda) shaklda tashkil etiladi.
Mazkur oʻquv choragida markazlashgan CHSB fanlari quyidagicha tarzda oʻtkazilishi belgilangan:
5-6-sinflar — matematika, ona tili fanlari;
7-sinf — Oʻzbekiston tarixi, biologiya fanlari;
8-sinf — algebra, fizika fanlari;
9-sinf — algebra, ona tili fanlari;
10-sinf — algebra, kimyo fanlari;
11-sinf — algebra, ingliz tili fanlari.
