OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda 4 qismga bo‘lib to’lash yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.

 

Bunda muddatlar quyidagicha:

 

25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 30-oktyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;

 

50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha;

 

75% qismini — 2025-yil 1-martgacha;

 

100% qismini — 2025-yil 1-maygacha.

 

 

Birinchi kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza yuborasiz, u tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi.

 

 

Ma’lumot uchun, to’lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o’zi hal qiladi.

 

 

Mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

 

 

Eslatma: bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda o’qimoqchi bo’lganlar dastlab 50% to’lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to’g’risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.

 

 

Shuningdek, joriy yili respublika oliy taʼlim tashkilotlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari – 2025/2026-oʻquv yili uchun belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobar miqdorida belgilandi.