Milliy sertifikat test materiallari sotilayotgani yaqin kunlarda o‘tkaziladigan imtihonlarga aloqasi yo‘q — BMBA

Milliy sertifikat test materiallari sotilayotgani yaqin kunlarda o‘tkaziladigan imtihonlarga aloqasi yo‘q — BMBA

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar ona tili va adabiyot fanidan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari oldidan “test savollari va ularning javoblari sotilayotgani” haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

 

 

Bu bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy munosabatini bildirdi.

 

 

Unga ko’ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan test materiallari oldingi imtihonlarda qo‘llanilgan savollar bo‘lib, ularning yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari bilan hech qanday aloqasi yo‘q.

 

‘‘Shuningdek, shubhali holatlar yuzasidan quyidagi havola orqali Agentlikka yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz:

 https://gov.uz/oz/uzbmb/anti-corruption  ’’, – deyiladi xabarda.