Kasbiy ta’lim agentligiga direktor tayinlandi

Kasbiy ta’lim agentligiga direktor tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Xusanov Azimjon Nozimjonovich — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʻlim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

 

 

Azimjon Xusanov ma’lum muddat Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

 

 

U tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mirgatsiya agentligi direktori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.