Soliq qoʻmitasi Oʻzbekistonda 584 mingdan ortiq ijara shartnomasi hisobga qoʻyilganini maʼlum qildi.
Ta’kidlanishicha, uy-joylarni talabalarga ijaraga bergan soliq to‘lovchilar daromadlari soliqdan ozod etilgan. Yanvar-sentyabr oylarida daromad solig‘idan 44 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan. Talabalar bilan 96,3 mingdan ortiq ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 118 998 nafarni tashkil etgan.
Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 412 mingta ijara shartnomasi asosida 625 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, 2024-yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 9% va hisoblangan daromad solig‘i summasi 44%ga oshgan.
Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 172,6 mingta ijara shartnomasi asosida 203,7 mlrd so‘m soliq hisoblanib, 2024-yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 13,8% va hisoblangan soliq summasi 21,9%ga oshgan.
Ushbu shartnomalar bo’yicha 828,7 mlrd so’m soliqlar hisoblangan.

