Oʻzbekistonda taʼlim sohasida oʻrtacha oylik ish haqi miqdori qancha ekanligi maʻlum boʻldi

Oʻzbekistonda taʼlim sohasida oʻrtacha oylik ish haqi miqdori qancha ekanligi maʻlum boʻldi

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, joriy yilning yanvar-sentyabrida Oʻzbekistonda oʻrtacha ish haqi 6,17 mln soʻmni tashkil etdi. Eng yuqori oʻrtacha ish haqi Toshkent shahrida (10,4 mln soʻm), eng pasti esa Qashqadaryo viloyatida (4,27 mln soʻm) qayd etildi.

 

 

Tarmoqlar boʻyicha eng yuqori oʻrtacha ish haqi — moliya sohasida. Xususan, bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik sohasi vakillari oʻrtacha hisobda 16,8 mln soʻm oylik ish haqi oladi. Keyingi oʻrinlarda — axborot va aloqa sohasi (15 mln soʻm) hamda tashish va saqlash sohasi (9,4 mln soʻm) vakillari.

 

oʻrtacha oylik ish haqi

 

Eng past oʻrtacha ish haqi sogʻliqni saqlash (3,8 mln soʻm) va taʼlim (4,2 mln soʻm) sohalarida saqlanib qolmoqda.

 

Ayni paytda, iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha oʻrtacha ish haqining eng yuqori oʻsish surʼatlari sanʼat, koʻngil ochish va dam olish sohasida (22,8 foiz) qayd etildi. Shuningdek, taʼlim (19,8 foiz), tashish va saqlash (16,7 foiz) hamda axborot va aloqa sohalarida ham sezilarli (16,6 foiz) oʻsish qayd etilgan.

 

oʻrtacha oylik ish haqi

 

Taʼlim sohasida oʻrtacha oylik ish haqi 4 188,5 ming soʻmni tashkil etgan boʻlsa, uning tarkibi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi oliy taʼlim sohasida 9 513,3 ming soʻmni, texnik va professional taʼlim sohasida 4 259,7 ming soʻmni, umumiy oʻrta taʼlim sohasida 4 136,7 ming soʻmni, maktabgacha taʼlim sohasida esa 2 771,5 ming soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda taʼlim sohasida oʻrtacha oylik ish haqi miqdori qancha ekanligi maʻlum boʻldi