Bugun, 27-oktyabr kuni mazkur sinovlarda umumtaʼlim maktablarining tarix, davlat va huquq asoslari hamda tarbiya fanlari oʻqituvchilari ishtirok etdi.
Attestatsiya sinovlarida respublika bo‘ylab bir necha pedagoglar yuqori natijani qo‘lga kiritishdi. Bular:
– Andijon viloyati, Asaka ixtisoslashtirilgan maktabning tarix fani oʻqituvchisi Jasurbek Alimov 98 ball;
– Samarqand shahridagi 1-ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari bor umumta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi Jasur Obloberdiyev 96 ball;
– Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarix fani o‘qituvchisi Sardor Haydarov 92 ball;
– Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanidagi 55-maktabning tarix fani o‘qituvchisi Jahongir Turg‘unboyev 92 ball;
– Farg‘ona shahar 1-ixtisoslashtirilgan maktabning tarix fani o‘qituvchisi Mavluda Qodirova 92 ball;
– Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi 25-umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi Jumagul Karimova 90 ballni qo‘lga kiritgan.
