Malaka toifasi test sinovlarida ishtirok etgan pedagoglar pedagog.uzedu.uz platformasidagi oʻz shaxsiy kabinetlari (akkauntlari) orqali onlayn shaklda apellyatsiya yuborishlari mumkin.
Apellyatsiya yuborish uchun “Apellyatsiyalarim” boʻlimiga kirib “Apellyatsiya yuborish” tugmasini bosish kerak boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, har bir pedagog test sinovi tugagan vaqtidan boshlab 10 kun muddatda appelyatsiya yuborishi mumkin.


