Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 662-sonli qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 823-sonli qaroriga ayrim oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibini amaliyotga joriy etish sxemasining ayrim qismlari oʻzgartirildi.
| Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
| 1-bosqich | Maktab | Maktab pedagogik kengash qarori, direktorning buyrugʻi bilan umumtaʼlim muassasalari xodimlariga har oylik ustamalar belgilash, mukofotlash va ularga moddiy yordam berish boʻyicha maktab huzurida Ishchi guruh tasdiqlanadi. | Doimo, har yangi oʻquv yili boshlangunga qadar | |||
| 2-bosqich | Ishchi guruh | 1. Maktabda faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchilar hamda kutubxona xodimlarini faoliyatini tasdiqlangan mezonlar asosida oʻrganib chiqib baholaydi va 10 foizdan 40 foizgacha bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. | Har yili 1-iyulga qadar | |||
| 2. Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga ularning murojaatlari yoki kasaba uyushmasi qoʻmitasining tashabbusiga koʻra moddiy yordam belgilaydi. | Mukofotlash lozim boʻlgan davrda murojaatga asosan | |||||
| 3-bosqich | Maktab | 1. Ishchi guruhning qarorlari ijrosini taʼminlash yuzasidan maktab direktorining buyrugʻi chiqariladi.
2. Umumtaʼlim muassasasining hammaga koʻrinadigan joydagi axborotlar stendi hamda maktabning internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida Ishchi guruhning qarori toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar muntazam ravishda eʼlon qilib boriladi. |
Doimo | |||
| 4-bosqich | Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi | Ishchi guruhning qarorlari asosida qabul qilingan maktab direktorining buyrugʻiga muvofiq umumtaʼlim muassasalari xodimlariga har oylik ustamalarni, mukofot va moddiy yordam pullarini toʻlab beradi. | Doimo |
