Magistratura uchun onlayn qabulning boshlanish sanasi e’lon qilindi. Joriy yilgi qabulda nimalar o‘zgargan?

1 iyuldan 30 iyulga qadar (shu kuni ham) respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Hujjatlarni topshirish magistr.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda magistratura va doktoranturaga kirish uchun tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlan edi.

 

Shuningdek, Oliy taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlar ro‘yxatdan chiqarib yuborildi:

 

Ingliz tili bo‘yicha – Test of English for International Communication (TOEIC)*

Fransuz tili – Test de Connaissance du Francais (TCF)

Itaylan tili bo‘yicha – Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI) va Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS)

Yapon tili bo‘yicha – Japanese Language Proficiency Test (JLPT)

Nemis tili bo‘yicha – Deutsches Sprachdiplom (DSD II)

Arab tili bo‘yicha – The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL)

 

Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi.

 

Eslatma! Respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida magistraturaning kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilmagan.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры