Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 25-sonli umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi Jumagul Karimova attestatsiya sinovini muvaffaqiyatli topshirdi.
U toifa testida 90 ball to‘plab, oliy toifaga hamda 70 foizlik vazir ustamasiga ega da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Avvalroq, buxorolik informatika fani oʻqituvchisi attestatsiyada 90 ball bilan oliy malaka toifasini himoya qilgandi.
