Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2024” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi. Ushbu tanlovda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ikki yillik amaliy ish tajribasiga ega metodistlari va tarbiyachilari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovning tuman (shahar) saralash bosqichi 24-28-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Yuqori natijalarni qayd qilgan ishtirokchilar keying bosqichga o‘tadi. Tanlovning Respublika final bosqichi esa 22-26-iyul kunlari o‘tkaziladi.
Tanlovda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
1) “Eng yaxshi metodist”;
2) “Yilning eng fidokor tarbiyachisi”;
3) “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”;
4) “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”;
5) “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”;
6) “Yangi O‘zbekistonda yangi avlod bolalarini ma’naviy kamolotga yetaklovchi yeng yaxshi tarbiyachi”.
Bunda, “Eng yaxshi metodist” va “Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominatsiyalarida oliy ma’lumotli metodist va tarbiyachilar, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi” va “Yangi O‘zbekistonda yangi avlod bolalarini ma’naviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyalarida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan tarbiyachilar ishtirok etadi.
Eslatma! Oldingi yillarda tashkil etilgan tanlovning respublika final bosqichida 1-, 2-, 3- o‘rinni egallagan g‘oliblar mazkur tanlovda qayta ishtirok etish huquqiga ega emas.