Yangi Zelandiyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mamlakat parlamenti o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga tayyorlanmoqda. Ushbu qonunga ko‘ra, 16 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi, shuningdek, Facebook va TikTok kabi platformalar foydalanuvchilarning yoshini tekshirish majburiyatiga ega bo‘ladi.
Bunday qonun Avstraliyada allaqachon joriy etilgan. Yangi Zelandiya Milliy partiyasi deputati Ketrin Uedd, qo‘shni davlat tajribasini inobatga olib, ushbu qonunni mamlakat parlamentiga taklif qildi. Partiya a’zolarining ba’zilari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi, ammo ba’zi amaldorlar buni o‘z fikriga qo‘shilmagan holda qoldirdi.
Bosh vazir Kristofer Laksonning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardan ortiqcha foydalanish o‘smirlarda stress, tazyiq (bulling) va o‘zini past baholash kabi salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Qonun loyihasining parlamentda muhokamasi boshlanishi haqida aniq sana hozircha ma’lum emas. Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongiga ta’siri bo‘yicha hisobot esa 2026-yil boshida tayyor bo‘lishi kutilyapti.
Shuningdek, avval Tojikistonda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘liq taqiqlashni, o‘smirlarga esa qat’iy nazorat o‘rnatishni taklif qilgan edi.
35