Bilasizmi? OTMga kirish uchun 43 ta turdagi imtiyozlar mavjud (to‘liq ro‘yxat)

2023-yil boshida OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlangan. Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida 43 ta turdagi imtiyozlar mavjud.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy saytida alohida guruhlanishicha, imtiyozlar bir-biridan farq qiladi:

 

– Imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

– Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar;

– Tegishli fan bo‘yicha imtihondan ozod etilib, ma’lum miqdorda ball berishga asos bo‘luvchi imtiyozlar;

– To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar;

– Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asosbo‘luvchi imtiyozlar;

– Qo‘shimcha imtiyozlar.

 

Mavzuga doir:

Imtiyozli kvota asosida talaba bo‘lganlarning granti 4 yilda ham saqlab qolinadimi?

 

 

Imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

 

Harbiy qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar

Harbiy xizmatchilarning farzandlari

Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari

Bojxona organlari xodimlarining farzandlari

Respublika va xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari

Respublika va xalqaro shaxmat va shashka turnirlari g‘oliblari

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari

“Nihol” mukofoti sohiblari

Madaniyat vazirligining respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari

“Tarbiyachi” respublika tanlovi g‘oliblari

“Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari

Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari

Prezident maktablari bitiruvchilari

 

Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

 

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari

“Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari

Profilaktika inspektorlari

 

Tegishli fan bo‘yicha imtihondan ozod etilib, ma’lum miqdorda ball berishga asos bo‘luvchi imtiyozlar

 

Respublika fan olimpiadalari g‘oliblari

Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar

Musiqa, raqs, teatr, folklor, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari

“Bolalar sport o‘yinlari”ning respublika bosqichi g‘oliblari

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyentlar

 

To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

 

“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari

Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilari

 

Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asosbo‘luvchi imtiyozlar

 

Olis cho‘l hududlari aholisi

Bobotog‘ hududidagi yoshlar

Harbiy xizmatchilarning farzandlari

Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari

Bojxona organlari xodimlarining farzandlari

Nogironligi bo‘lgan shaxslar

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari

Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar

O‘rmonchilar va ularning farzandlari

Besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar

Oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar

 

Qo‘shimcha imtiyozlar

 

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilari

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar

Prezident grantiga da’vogar abituriyentlar

Hokim yordamchilari

 

Bundan tashqari, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik stajga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan 3 yil amal qiladigan tavsiyanoma beriladi va ular shu tavsiyanoma asosida alohida kvota doirasida o‘qishga qabul qilinadi.

 

Iqtisod tarmoqlarida ishlayotgan kamida 5 yillik stajga ega bo‘lgan fuqarolar tegishli tavsiyanoma bilan suhbat asosida mos OTMlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Ularga 5 yil ishlab berish sharti qo‘yiladi.

 

Imtiyozlarning to‘liq tavsifi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры