JAVOB: Yo‘q, bugungi kunda bunday reja mavjud emas.
Ijtimoiy tarmoqlarda UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan Samarqanddagi oliy ta’lim tashkilotlarida darslar vaqtinchalik onlayn shaklga o‘tkazilishi hamda barcha talabalarga uyiga javob berilishi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, Oliy ta’lim vazirligi mas’ullari bu xabarni rad etishgan.
Unga ko‘ra, o‘quv jarayonlari avvalgidek odatiy jadval asosida davom etadi, hech qanaqa o‘zgarish kutilmayapti.
