Imtiyozli kvota asosida talaba bo‘lganlarning granti 4 yilda ham saqlab qolinadimi? - Ta’lim xabarlari
Imtiyozli kvota asosida talaba bo‘lganlarning granti 4 yilda ham saqlab qolinadimi?

Yangi o‘quv yilidan boshlab davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi.

 

Bunda:

 

– ta’lim granti — talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga, ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

 

– ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant — maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi.

 

Ma’lumot o‘rnida, davlat granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilindi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры