Endilikda texnikumlarning muvaffaqiyatli bitiruvchilari OTM larga ikkinchi kursdan o‘qishga kirishi uchun belgilangan kreditni to‘plashi kerak - Ta’lim xabarlari
Endilikda texnikumlarning muvaffaqiyatli bitiruvchilari OTM larga ikkinchi kursdan o‘qishga kirishi uchun belgilangan kreditni to‘plashi kerak

Hukumatining tegishli (11.01.2022 yildagi 17-son) qarori bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi. Shu nizom asosida bir qancha talabalar ma’lum yo‘nalish doirasida tegishli OTM larga o‘qishga qabul qilingan.

 

Joriy yilgi qabulda ham ushbu nizomdagidek, texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi), biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) 5 (a’lo) bo‘lganlar muvaffaqiyatli tamomlaganlar bitiruvchilar hisoblanadi. Shunday yoshlar tegishli ta’lim yo‘nilishiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.

 

Asosiy o‘zgarishlardan biri, texnikumlarda ham 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab kredit-modul tizimining joriy etilishidir. Endi talabalar OTM larga suhbat asosida ikkinchi kursdan o‘qishga kirishlari uchun belgilangan darajadagi kreditni yig‘ishi kerak bo‘ladi. Yetarlicha kreditni to‘plagan, faol bitiruvchilargina suhbat bosqichiga o‘tadi.

 

Ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tganlar tegishli ( texnikumda tahsil olgan ) yo‘nalish doirasida OTM larga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Ushbu yangi tartib 2024/2025-o‘quv yilida texnikumga qabul qilinganlarning o‘qishni tugatadigan yilidan boshlab kuchga kiradi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры