"1 xil baho 2 xil standart". Rash modeligacha milliy sertifikat olgan abituriyentlar 13 balldan mahrum etiladimi? - Ta’lim xabarlari
“1 xil baho 2 xil standart”. Rash modeligacha milliy sertifikat olgan abituriyentlar 13 balldan mahrum etiladimi?

Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan.

 

2024-yil 1-martdan boshlab beriladigan sertifikatlar esa Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq Rash modeli asosida baholanadi.

 

Ammo abituriyentlarda baholash tizimidagi o‘zgarishlar bo‘yicha noroziliklar paydo bo‘lmoqda.

 

“2024-yil 1-martgacha milliy sertifikatga da’vogar bo‘lganlarning natijalari 100 ballik tizimda baholangan. Shundan kelib chiqib, ular 86 balldan sal pastroq 85.9 ball to’plasa ham unga o’z yo’nalishi bo’yicha mutaxassislik fanidan (1-fan bo’lsa) maksimal 93 balldan 92.89 ball emas, balki 79.88 ball berilishi belgilangan. Bunday holatda abituriyent 0.1 ball yetmaganligi evaziga 13 balldan mahrum etilmoqda.

 

Natijalari Rash modeli asosida baholangan abituriyentlarga esa, ular maksimal 65 balldan 64.9 ball to’plagan taqdirda, o’z yo’nalishi bo’yicha mutaxassislik fanidan (1-fan bo’lsa) maksimal 93 balldan 92.85 ball beriladi.

 

Abituriyentlarning noroziliklariga sabab shundaki, 100 ballik tizimda 86 dan past ballning foiz ko’rsatkichini hisoblashda 100 ball maksimal deb olingan. Ammo Rash modeli asosida ballning foiz ko’rsatkichini hisoblashda esa 65 ball maksimal deb olinmoqda.

 

Ushbu sanagacha sertifikat olgan abituriyentlar baholari o‘zgarishsiz qoladimi? 0.1 ball yetmaganligi uchun 13 balldan mahrum etish adolatdanmi?” – deyiladi tahririyatimizga yuborilgan murojaatda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры