Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soati”da aytib o‘tdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi farmoniga asosan, 2024-2025-o‘quv yili uchun bakalavriatga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi 5-iyun kunidan boshlanadi va 25-iyungacha davom etadi.
Ma’lumot uchun, bu yilgi qabulda 2024-yil 11-iyun holatiga 85 000 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu o‘quv yilidan boshlab, abituriyentlarga faqat test sinovlari o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun test topshiradigan fanlar, ta’lim tili va test topshiriladigan hududni tanlash, birinchi bosqichda, ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda bakavriat ta’lim yo‘nalishi va ijodiy imtihon topshiriladigan oliygohni tanlash imkoniyati yaratiladi.
Ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi yakunlanganidan so‘ng 1–25- iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. 14-iyuldan 28-iyulgacha esa, test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan”, degan vazir o‘z nutqida.
Mavzuga doir:
O‘qishga qabul qilishdagi minimal o‘tish bali oshirildi. Bu o‘zgarishlar qachondan kuchga kiradi?