Attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi

Attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini toʻgʻridan-toʻgʻri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

 

 

Bugun, 21-oktyabr kuni mazkur jarayonlarda umumtaʼlim maktablarining sinovlariga start berildi.

 

 

Ayni vaqtda, Rus tili (milliy), Rus tili va adabiyoti (rus), Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti fanlari oʻqituvchilari ishtirok etmoqdalar.

 

 

Jarayonlarni quyidagi havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin:

 

 

https://cams.uzedu.uz/