Savol: Men Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi 16 – maktabning informatika oʻqituvchisiman. Uzrsiz sababga koʻra testda ishtirok etmasa nima boʻladi?
Nizomning 46-bandiga koʻra, pedagog kadr uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻona tushiriladi (attestatsiyaning navbatdan tashqari turi boʻyicha ishtirok etayotganlar bundan mustasno).
Uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega (attestatsiyaning navbatdan tashqari turi boʻyicha ishtirok etayotganlar bundan mustasno).
