O‘qishga qabul qilishdagi minimal o‘tish bali oshirildi. Bu o‘zgarishlar qachondan kuchga kiradi?

Davlat universitetlariga kirish imtihonlaridagi minimal o‘tish bali bosqichma-bosqich oshiriladi. Bu haqda o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2025-yildan boshlab 2 bosqichda oshiriladi. Bunda sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun — 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun — 75,6 ball minimal o‘tish bali etib belgilanadi.

 

Ushbu joriy etilgan minimal o‘tish ball 2024-2025 o‘quv yili uchun qabulda amaliyotga joriy etilmaydi, kelgusi o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich o‘tkazilishini vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

 

Amalda barcha yo‘nalishlar uchun minimal ball 56,7 hisoblanadi.

 

Shuningdek, davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda:

 

  • – ta’lim granti — talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga, ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

 

  • – ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant — maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;

 

  • – boshqa ta’lim shakllari (sirtqi, kechki, masofaviy)ning kvotasi kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmasligi belgilandi.

 

  • – Davlat granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilindi.

 

Ta’kidlanishicha, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры