Maxsus pedagogika yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

Maxsus pedagogika yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

Maxsus pedagogika (defektologiya) yoʻnalishi – sogʻlom hamda nogironligi boʻlgan/imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash uchun zaruriy pedagog kadrlarni tayyorlaydi.

 

 

Maxsus pedagogika 4 ta yoʻnalishni oʻz ichiga oladi:

 

 

oligofrenopedagogika (aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar);

 

surdopedagogika (eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar);

 

tiflopedagogika (koʻrishida nuqsoni boʻlgan bolalar);

 

logopediya (nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar).

 

 

Ishga joylashish imkoniyatlari:

 

Hozirgi kunda maxsus pedagogika yo‘nalishi koʻp qirrali boʻlib,

 

➖ bitiruvchi talabalar sogʻlom bolalarga moʻljallangan maktabgacha taʼlim muassasalarida logoped;

 

➖ maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarida defektolog;

 

➖ umumtaʼlim maktablarida logoped;

 

➖ maxsus maktab va maktab-internatlarda defektolog;

 

➖ oilaviy poliklinikada logoped lavozimida faoliyat yuritishlari mumkin.