Akademik litseylar uchun qabul jarayonlari boshlandi - Ta’lim xabarlari
Akademik litseylar uchun qabul jarayonlari boshlandi

Bugun, 10-iyundan 9-sinf bitiruvchilaridan 2024-2025 o‘quv yili uchun akademik listeylar uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi va qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi. Hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.

 

 

Abituriyentlardan ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

 

– 3,5×4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

– o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

 

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak) va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

 

Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

 

Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin.

 

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar esa https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры