Avstraliyaning Sidney shahrida to‘liq va qisman moliyalashtiriladigan xalqaro yetakchilik dasturi

Avstraliyaning Sidney shahrida to‘liq va qisman moliyalashtiriladigan xalqaro yetakchilik dasturi

HISA Youth Dialogue 2026 — bu dunyodagi eng nufuzli global yetakchilik dasturlaridan biri bo‘lib, kelajakni o‘zgartira oladigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Dastur 2026-yil 26-29-mart kunlari Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tadi va unda butun dunyodan yosh yetakchilar, siyosatchilar, akademiklar hamda mutaxassislar ishtirok etadi.

 

Dasturga kimlar qatnashishi mumkin?


Dasturda 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan barcha davlat va soha vakillari ishtirok etishlari mumkin. Ular quyidagi 4 kategoriya bo‘yicha ariza topshirishlari mumkin:

 

 

– to‘liq moliyalashtirilgan (25 o‘rin);

 

– qisman moliyalashtirilgan (75 o‘rin);

 

– o‘zini moliyalashtirgan (50 o‘rin);

 

– forumga kirish ( 50 o‘rin).

 

 

Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin.

 

Dasturda qanday mavzular tahlil qilinadi?

 

– global boshqaruv va yetakchilik;

 

– iqlim diplomatiyasi va barqarorlik;

 

– raqamli transformatsiya va sun’iy intellektni boshqarish;

 

– inson huquqlari va ijtimoiy adolat;

 

– jamoat siyosati va global sog‘liqni saqlash;

 

– tinchlik qurish va mojarolarni hal etish.

 

Dasturga arizalar 2026-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi.

 

Maqbullik shartlari

 

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

 

– ariza topshirish vaqtida 18-45 yosh oralig‘ida bo‘lishlari lozim;

 

– dasturda ishtirok etish uchun barcha davlat fuqarolari va barcha soha vakillari ishtirok etishlari mumkin;

 

– nomzodlar kuchli yetakchilik, tadqiqotchilik va jamoatchilik bilan ishlay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak;

 

– nomzodlar yoshlar faolligi, siyosatni ishlab chiqish, diplomatiya va global boshqaruvlarga qiziqishlari lozim.

 

Dasturga ariza topshirishning asosiy kategoriyalari:

 

– to‘liq moliyalashtirilgan ($16.50) — barcha xarajatlari qoplanadigan kategoriya;

 

– invitation letter ($99) — xarajatlarni bo‘lib to‘lashni istaganlar uchun;

 

– self-funded ($599) — o‘z xarajatlarini to‘laydigan yosh mutaxassislar uchun;

 

– forum access ($299) — forumga kirish imkoniyati.

 

Foydali tomonlari 

 

Dastur davomida yosh mutaxassislar quyidagi imkoniyatlardan foydalanishadi:

 

 

To‘liq moliyalashtirilgan kategoriya uchun:

 

– ikki tomonlama safar xarajatlari;

 

– maxsus taklif xati;

 

– turar-joy va dasturda ishtirok etish imkoniyati;

 

– dastur davomida ovqatlanish va kerakli buyumlar taqdim etiladi;

 

– nutq so‘zlash imkoniyati;

 

– bitiruv sertifikati.

 

Qisman moliyalashtirilgan kategoriya uchun:

 

– maxsus taklif xati;

 

– xarajatlarni bo‘lib to‘lash imkoniyati;

 

– kategoriyani o‘zgartirish imkoni;

 

– viza yordami.

 

O‘zini moliyalashtirgan kategoriya uchun:

 

– maxsus taklif xati;

 

– turar-joy va dasturda ishtirok etish imkoniyati;

 

– dastur davomida ovqatlanish;

 

– nutq so‘zlash imkoniyati;

 

– bitiruv sertifikati.

 

Forumga kirish kategoriya uchun:

 

– maxsus taklif xati;

 

– dasturda ishtirok etish;

 

– dastur davomida ovqatlanish va kerakli buyumlar;

 

– nutq so‘zlash imkoniyati;

 

– bitiruv sertifikati.

 

Hujjat topshirish jarayoni

 

1. Online ariza topshirish: nomzodlar ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy ma’lumotlar, akademik va professional tajribalar, motivatsion xat va tajriba bo‘yicha xulosalarini taqdim etishlari kerak.

 

2. Baholash va saralash: nomzodlar maxsus komissiya tomonidan dasturga moslik darajasi, tajribasi, motivatsion xat va boshqa talablar bo‘yicha saralanadi.

 

3. Yakuniy saralash va natijalar e’lon qilinadi: g‘oliblar email orqali xabardor qilinadi va keyingi ko‘rsatmalar taqdim etiladi.