Oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi - Ta’lim xabarlari
Oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.U. fuqaro A.N.ni tanishlari yordamida Namangan muhandislik-qurilish institutining “Informatika” yoʻnalishiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shu kabi, Departamentning Yangibozor tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.M. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni 3 000 AQSH dollari evaziga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida IIV akademiyasiga oʻqishga kiritib qoʻyishini aytib, oldindan 1 400 AQSH dollari va 1,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры