Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi.
Unga koʻra:
Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti fanlaridan –
21-oktyabr kuni (1 kun);
Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 22-oktyabr kuni (1 kun);
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 23-oktyabr kuni (1 kun);
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist (direktor oʻrinbosari), Oʻqituvchi-defektolog (MTT), Oʻqituvchi-logoped (MTT), Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixolog (MTT), Ingliz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha) Fransuz tili (maktabgacha) fanlaridan — 24-oktyabr kuni (1 kun);
Jismoniy tarbiya, Musiqa madaniyati fanlaridan— 25-oktyabr kuni (1 kun);
Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan — 27-oktyabr kuni (1 kun);
Ona tili va adabiyot, Oʻzbek tili (Davlat tili) fanlaridan — 28-29-oktyabr kunlari (2 kun);
Kimyo, Fizika fanlaridan — 29-oktyabr (1 kun);
Ingliz tili fanidan — 30-31-oktyabr kunlari (2 kun);
Tasviriy sanʼat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi — qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi — oʻgʻil bolalar uchun), Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlaridan — 1-noyabr kuni (1 kun);
Boshlangʻich taʼlimdan — 3-7-noyabr kunlari (5 kun);
Fransuz tili, Nemis tili, Koreys tili, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan va Psixologlar (maktab), Logoped-pedagoglar (maktab), Defektolog-pedagoglar (maktab) uchun— 7-noyabr kuni (1 kun);
Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun – 8-noyabr (1 kun);
Matematika fanidan – 10-11-noyabr kunlari (2 kun);
Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 11-12-noyabr kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari oʻtkaziladi.
Sinov jarayonlari oʻtkazilish manzillari
Eslatma: Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining olib kelishlari soʻraladi.
