Kambag‘al oilalar farzandlarining to‘garak xarajatlari davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi

Kambag‘al oilalar farzandlarining to‘garak xarajatlari davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi

Hukumatning 2025-yil 14-iyundagi 365-sonli “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta’limga jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, kambag‘al oilalarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan farzandlarining to‘garak xarajatlarining 80 % gacha qismi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

 

7–11 yoshdagi o‘quvchilar uchun:

 

– darsdan keyingi qo‘shimcha ta’lim (uzaytirilgan kun guruhlari) tashkil etiladi;

 

– to‘garak xizmatlari faqat davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida taklif etiladi;

 

– oylik to‘lov miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha.

 

Kambag‘al oilalar farzandlarining to‘garak xarajatlari davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi

 

12–18 yoshdagi o‘quvchilar uchun:

 

matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, davlat va huquq asoslari, ona tili va adabiyoti, o‘zbek, rus tillari va adabiyoti bo‘yicha to‘garaklar tashkil etiladi;

 

– oylik to‘lov miqdori — BXMning 2 baravarigacha.

 

15–18 yoshdagi o‘quvchilar uchun:

 

– xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz) bo‘yicha to‘garaklar;

 

– oylik to‘lov miqdori — BXMning 2 baravarigacha.

 

Kambag‘al oilalar farzandlarining to‘garak xarajatlari davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi

 

Axborot texnologiyalari va kasb-hunar yo‘nalishidagi to‘garaklar;

 

Oylik to‘lov miqdori — BXMning 4 baravarigacha.

 

 

O‘quvchi, uning ota-onasi (yoki qonuniy vakili) hamda to‘garak xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot o‘rtasidagi shartnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuziladi.

 

 

To‘garaklar 9 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Har bir o‘quvchi bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan ikki to‘garakni tanlashi mumkin.

 

 

To‘lovlar va davomat haqidagi ma’lumotlar kelajak.uzedu.uz elektron platformasida avtomatik tarzda hisoblanadi.