Vazirlar Mahkamasining tegishli (07.06.2019 yildagi 468-son) qaroriga muvofiq, o‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.
Ayni paytda bir BHM – 340 ming so‘m, yarim baravari esa 170 ming so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, ushbu toifadagi abituriyentlar mazkur to‘lovdan ozod qilinadi:
– o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
– nogironligi bo‘lgan shaxslar;
– mehribonlik uylari bolalari;
– bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
– “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
– “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.