Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi - Ta’lim xabarlari
Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2024-yil 28-aprel kuni o‘tkazilgan matematika hamda rus tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

 

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

 

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

– 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
– 65 – 69,9 ball — A daraja;
– 60 – 64,9 ball — B+ daraja;
– 55 – 59,9 ball — B daraja;
– 50 – 54,9 ball — C+ daraja;
– 46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

– A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
– B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
– A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры