Joriy o‘quv yilida asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi 14-23-oktyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladi. Olimpiadada maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ishtirok etishadi.
Fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan bosqichlar quyidagicha belgilangan:
14-oktyabr – Matematika;
15-oktyabr – Kimyo;
16-oktyabr – Fizika;
17-oktyabr – Informatika va AT;
18-oktyabr – Biologiya;
20-oktyabr – Tarix, Geografiya;
21-oktyabr – Rus tili va adabiyoti, Davlat va huquq asoslari;
22-oktyabr – Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tojik tili;
23-oktyabr – Ona tili va adabiyot, O‘zbek (Davlat) tili, Qozog‘ tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti.
Olimpiadalar har kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bosqich 1 turda, test shaklida o‘tkazilishi mumkin.
Har bir fan bo‘yicha eng yuqori natijani ko‘rsatgan 3 nafar o‘quvchi keyingi bosqichga yo‘llanadi. Natijalar esa o‘sha kunning o‘zida e’lon qilinadi.
Belgilangan vaqtda qatnashmagan o‘quvchilar uchun qayta topshirish imkoniyati berilmaydi.
Agar jarayon davomida adolatsizlik yoki shubhali holatlar yuz bersa, Fan olimpiadalari markazining maxsus botiga murojaat qilish mumkin. Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli choralar ko‘riladi.
