Oʻquv yilining ikkinchi choragi yakuni boʻyicha taʼlim sifati monitoringi jarayoniga 5-, 10- va 11-sinf oʻquvchilari jalb qilinadi.
Har bir hududda:
5-sinf oʻquvchilaridan 2 variantda 30 talik: 1-blok (ona tili adabiyot, matematika, xorijiy til), 2-blok (ona tili adabiyot, botanika, rus tili), 3-blok (matematika, geografiya, xorijiy til), 4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan har bir fan boʻyicha 10 tadan test topshiriqlari shaklida oʻtkaziladi.
10-sinf oʻquvchilaridan 2 variantda 45 talik:
1-blok (ona tili va adabiyoti, matematika, xorijiy til ), 2-blok (biologiya, kimyo, rus tili),
3-blok (fizika, geografiya, ona tili), 4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan har bir fan boʻyicha 15 tadan test topshiriqlari shaklida oʻtkaziladi.
11-sinf oʻquvchilaridan 2 variantda 45 talik:
1-blok (ona tili va adabiyoti, matematika, xorijiy til ), 2-blok (biologiya, kimyo, rus tili),
3-blok (fizika, geografiya, ona tili), 4-blok (tarix, informatika, matematika) fanlaridan Har bir fan boʻyicha 15 tadan test topshiriqlari shaklida oʻtkaziladi.
Test sinovi bajarish uchun 5-sinflarda monitoring oʻtkaziladigan fanlardan har bir test savoliga 2 daqiqadan (umumiy 60 daqiqa),
10-11-sinflarda fanlardan har bir test savoliga 2 daqiqadan (umumiy 90 daqiqa) vaqt beriladi.
Barcha blok fanlarini qamrab olish maqsadida sinf o‘quvchilari soniga qarab guruhlar shakllantiriladi