17 yoshli o‘quvchi qiz IELTS dan 9.0 ballni qo‘lga kiritdi

17 yoshli o‘quvchi qiz IELTS dan 9.0 ballni qo‘lga kiritdi

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 357-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Nozimaxon Qadamova xalqaro IELTS imtihonidan maksimal natija — 9.0 ballni qo‘lga kiritdi.

 

 

U 2008-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan va hozir 17 yoshda. Nozimaxon ushbu yutug‘i bilan O‘zbekistonda IELTS dan maksimal ballni olgan eng yosh o‘quvchi qiz sifatida tanildi.

 

 

Ingliz tilini 2023-yil yozidan o‘rganishni boshlagan Nozimaxon qisqa vaqt ichida yuqori darajaga erishdi. Imtihondagi ko‘rsatkichlari quyidagicha:

 

– Listening — 8.5;

 

– Reading — 9.0;

 

– Writing — 9.0;

 

– Speaking — 8.5

 

Umumiy natija — 9.0.

 

 

U o‘z maqsadlari sari intilib, muntazam mehnat qilish tarafdori.

 

 

“Bugungi natijalarim ota-onamning duolari va o‘z ustimda tinimsiz ishlashim samarasi. Men uchun sabr, qat’iyat va mehnatsevarlik — muvaffaqiyat kalitidir,” — deydi u.