2025-yilning IV choragida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari e’lon qilindi.
Test sinovlari 2025-yilning oktyabr-dekabr oylarida quyidagi muddatlarda tashkil etilishi rejalashtirildi:
OKTYABR:
2025-yil 2-oktyabr
2025-yil 16-oktyabr
2025-yil 30-oktyabr
NOYABR:
2025-yil 13-noyabr
2025-yil 27-noyabr
DEKABR:
2025-yil 11-dekabr
2025-yil 25-dekabr
DIQQAT: test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 5 kun oldin eʼlon qilinadi.
Izoh: test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha maʼlumot beriladi.
