Maktab va professional ta’lim muassasalari pedagoglari uchun ustama beradigan sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi - Ta’lim xabarlari
Maktab va professional ta’lim muassasalari pedagoglari uchun ustama beradigan sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan umumiy ta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi.

 

 

Izoh:

 

1) The Graduate Record Examination (GRE) sertifikatida faqat Quantitative Reasoning qismi boʻyicha toʻplangan ballar inobatga olinadi;

 

2) Graduate Management Admission Test (GMAT / GMAT Focus) sertifikatida faqat Quantitative Reasoning qismi boʻyicha toʻplangan ballar inobatga olinadi;

 

3) Digital Scholastic Assessment Test (Digital SAT) sertifikatida faqat matematika (math) qismi boʻyicha toʻplangan ballar inobatga olinadi;

 

4) Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boshlangʻich sinflarda dars beruvchi pedagoglarning matematika fanidan olingan sertifikatlari aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qiladi;

 

5) Ushbu sertifikatlar quyidagi pedagoglar uchun amal qiladi:

oʻzbek tili va adabiyot fani sertifikatini olgan ona tili va adabiyoti hamda oʻzbek tili (davlat tili) fanidan dars beruvchi pedagoglar uchun;

rus tili va adabiyoti fani sertifikatini olgan milliy hamda rus tili sinflarida dars beruvchi pedagoglar uchun;

qoraqalpoq tili va adabiyot fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikatga ega qoraqalpoq tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili (davlat tili) fanidan dars beruvchi pedagoglar uchun;

 

6) umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boshlangʻich sinflarda dars beruvchi pedagoglarning oʻzbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot fanidan olingan sertifikatlari aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qiladi;

 

7) “тест по русскому языку как иностранному (TRKI)” sertifikati taʼlim tili rus tili boʻlmagan sinflarda dars beruvchi rus tili fani pedagoglari uchun amal qiladi;

 

8) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarga (shu jumladan, soatbay, oʻrindosh, stajyor oʻqituvchi, direktor va direktor oʻrinbosarlari) oʻzi dars beradigan fani 13 boʻyicha sertifikatga ega pedagog xodimlarga har oylik qoʻshimcha ustama toʻlash nazarda tutilgan;

 

9) amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz va ustama qo‘llaniladi;

 

10) mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yil) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi;

 

11) *mazkur ballar ushbu qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlar uchun amal qiladi.

 

12)**2024-yil 1-martga qadar umumtaʼlim fanlari boʻyicha berilgan milliy sertifikatlar uchun mazkur sertifikat olingan paytda qoʻllanilgan tartibda imtiyoz tatbiq etiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры