1-oktyabrdan davlat xizmatidagi rahbarlar va rahbarlikka nomzodlar malakasini oshirish uchun kurslar joriy etiladi

1-oktyabrdan davlat xizmatidagi rahbarlar va rahbarlikka nomzodlar malakasini oshirish uchun kurslar joriy etiladi

Prezidentning joriy yil 5-maydagi 78-son farmoniga ko’ra, 2025-yil 1-oktyabrdan Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida davlat xizmatidagi rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar joriy etiladi.

 

 

Bunda oʻquv reja va dasturlar davlat xizmati va boshqaruvining joriy va istiqboldagi vazifalari asosida ishlab chiqilib, 1 oygacha muddatda rahbarlik bilim va koʻnikmalari rivojlantiriladi.

 

Mazkur kurslarga yetakchi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, amaliy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan tajribali ekspertlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari jalb qilinadi.

 

 

2026-yil 1-yanvardan Akademiyada muddati 6 oygacha boʻlgan qayta tayyorlash taʼlim dasturlari joriy etiladi.

 

 

2025/2026 oʻquv yilidan “Hududlarni kompleks rivojlantirish”, “Davlat boshqaruvi”, “Inson resurslarini rivojlantirish” magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

 

 

2026/2027 oʻquv yilidan:

 

– “Davlat siyosati” (Public Policy) va “Davlat moliyasini boshqarish” (Public Finance Management) magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi;

 

– yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirib borish maqsadida amaliyotchi boshqaruvchilar uchun maxsus dasturlar (Executive MPA va Executive MBA) joriy etiladi;

 

–  magistratura dasturlari xorijdagi nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari va modullar boʻyicha tashkil etiladi.