Talabalar ham o‘qib, ham ishlashi mumkinmi?
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi 9-sonli buyrug‘i 50-bandiga muvofiq, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashi mumkinligi belgilangan. Mehnat kodeksining 227-moddasiga muvofiq Ishlaydigan talabalarga quyidagi imtiyozlar beriladi: Qisqartirilgan ish haftasi; Qo‘shimcha pullik ta’tillar […]