Maktab o‘quvchisi boshqargan avtomobil halokatga uchradi, qurbonlar bor

Maktab o‘quvchisi boshqargan avtomobil halokatga uchradi, qurbonlar bor

Sirdaryoda uch nafar maktab o’quvchisi bo’lgan «Lasetti» zovurga tushib ketib, yonib ketgan. Natijada ikki nafar o’smir voqea joyida vafot etgan, bir nafari shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 19-sentyabr kuni soat 22:00lar atrofida Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani Furqat mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi 20V036 avtomobil yo‘lining «Sholikor-Sirdaryo» yo‘nalishini 1-km/da, 2010 y.t, voyaga yetmagan D.A. otasiga tegishli bo‘lgan «Lasetti» rusumli avtomashinani (otasidan beruxsat) boshqarib ketayotib, yuqori tezlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi zovurga tushib ketishi natijasida YTH sodir etgan.

 

YTH natijasida avtomashina salonida bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan yo‘lovchilar voqea joyida vafot etgan, haydovchi esa tuman tibbiyot birlashmasining Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

 

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3 qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.