Qoraqalpog’istonlik abituriyentlar uchun ham qo’shimcha kvota o’rinlari tasdiqlandi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev oʻzining telegramdagi sahifasida xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, ushbu kvotada ikkita toifa bor.
Birinchisi, 2022-yil 31-avgustdagi 213-sonli Prezident farmonida o’qishdan yiqilgan qoraqalpog’istonlik abituriyentlar uchun 6 ming 500 ta to’lov-kontrakt asosida kvotalar ajratilishi belgilangan.
Ikkinchisi, 2025-yil 15-avgustdagi 248-sonli Prezident qarorida davlat oliygohlariga davlat granti asosida 500 ta maqsadli kvota uchun, xususiy universitetlarga davlat granti asosida 200 ta maqsadli kvota ajratiladi. Ya’ni jami 700 ta maqsadli grant.
