Din ishlar bo‘yicha qo‘mita ️Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.
2025-yil 2-sentyabr holatiga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari murojaatiga asosan Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan tayyorlangan dinshunoslik ekspertizasi xulosasi asosida Oliy sudning 115 dan ortiq qarori chiqarilgan. Ularga muvofiq, 1 400 dan ortiq kontent radikal mazmunda deb topilgan.
Jumladan:
— Telegram’da — 709 ta,
— Facebook’da —220 ta,
— YouTube’da — 104 ta,
— Instagram’da —239 ta,
— TikTok’da — 46 ta,
— Odnoklassniki’da —27 ta,
Shuningdek, veb-saytlar, elektron kitoblar, maqolalar va nashidalar bo‘yicha 40 ta kontent taqiqlangan.
Taqiqlangan materiallarning batafsil ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
