Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktoriga oʻrinbosar tayinlandi

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktoriga  oʻrinbosar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan:

 

Raximboyev Sardor Qahramonovich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

 

 

U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

 

 

Sardor Raximboyev 2009-2015-yillarda Davlat statistikasi qoʻmitasi, Toshkent viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida turli lavozimlarda, 2015-2019-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bosh mutaxassisi, 2019-2020-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta oʻqituvchisi, 2020-2022-yillarda «Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi» davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi, 2022-2023-yillarda Xalq taʼlimi vazirligida boshqarma boshligʻi vazifalarida mehnat qilgan.