Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Bu haqida Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o’zgargan.
Xususan, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanishi kutilmoqda (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball).