Yangi ko‘p kvartirali uylarning 1-qavatida bog‘cha ochgan tadbirkorlarga imtiyozlar beriladi

Yangi ko‘p kvartirali uylarning 1-qavatida bog‘cha ochgan tadbirkorlarga imtiyozlar beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida “Yangi O‘zbekiston” massivlarida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylar va ularda xususiy bog‘chalar tashkil etish tajribasi muhokama qilindi.

 

Buni barcha tuman va shahar hokimlari o‘z hududida qilishi kerakligi ta’kidlandi.

 

Endilikda ochiq muloqotda 80 ta tuman uchun aytilgan imtiyozlar yangi ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatida bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga ham berilishi belgilandi.

 

Mutasaddilarga yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda bog‘cha tashkil qilish tartibini ishlab chiqish topshirildi.