Maktablarda pedagogik sinflarni tashkil etish bo‘yicha nizom e’lon qilindi

Maktablarda pedagogik sinflarni tashkil etish bo‘yicha nizom e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 312-sonli «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug’i e’lon qilindi.

 

 

Unga ko’ra, 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf o‘quvchilari uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik sinflar tashkil etiladi.

 

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi (L.Gaynutdinova)ga:

 

– ikki hafta muddatda pedagogik sinflar ochilgan maktablarning 9-sinf o‘quvchilaridan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida ular orasidan pedagog kasbiga layoqati va qiziqishi mavjud bo‘lgan o‘quvchilarni pedagogik sinflarda o‘qishga tanlash ishlarini tashkil qilish;

 

– pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat berish;

 

– pedagogik sinflar tashkil etilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun biriktirilgan professor-o‘qituvchilarni soatbay asosida ishga qabul qilinishini nazoratga olish vazifalari yuklatilgan.