Joriy o‘quv yilidan stipendiyalar miqdori oshirildi: endi talabalar qancha stipendiya oladi?

Joriy o‘quv yilidan stipendiyalar miqdori oshirildi: endi talabalar qancha stipendiya oladi?

O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil 2-iyundagi qaroriga muvofiq, yangi o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga beriladigan stipendiyalar 10 foizga oshiriladi. Shuningdek, Oliy ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, joriy yilda kontrakt narxlari o‘zgarmaydi.

 

Yangi stipendiya miqdorlari quyidagicha tasdiqlandi:

 

T/r
Stipendiya nomi va qoʻshimcha toʻlovlar
Stipendiya miqdori
(bir oyda, soʻm)

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi

2 410 695

2.

Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, Toʻlepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari

1 607 130

3.

Davlat granti asosida, shuningdek, bir yillik oʻqitish qiymatining stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan, barcha fanlar boʻyicha faqat “aʼlo” oʻzlashtirish koʻrsatkichiga (reyting koʻrsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega boʻlgan talabalar uchun stipendiya

683 604

4.

Davlat granti, shuningdek, stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun bazaviy stipendiya va qizlar uchun maxsus stipendiya

569 670

5.

1 va 2-guruh nogironligi boʻlgan talabalar uchun stipendiya

belgilangan stipendiyalarga nisbatan
50 foiz yuqori miqdorda nazarda tutiladi

6.

Alohida qobiliyat va iqtidor egasi boʻlgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun qoʻshimcha toʻlov**

belgilangan stipendiyalarga nisbatan
50 foizgacha yuqori miqdorda nazarda tutiladi

7.

Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalar uchun stipendiya

Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan
50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorda nazarda tutiladi