Muhandislik sohasidagi respublika tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

Muhandislik sohasidagi respublika tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

Avvalroq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlari bo‘yicha muhandislik sohasidagi Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi boshlanganligi haqida xabar bergan edik.

Mazkur tanlovning “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblari e’lon qilindi.

Vazirlik tomonidan muhandislik yo‘nalishlarida o‘tkazilgan respublika tanlovida g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin — elektromobil (9 nafar g‘olib uchun);

2-o‘rin — xorijiy mamlakatlarda stajirovka yo‘llanmasi;

3-o‘rin — pul mukofotlari.

Muhandislik sohasidagi respublika tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi
“Talimxabarlari.uz” Dilfuza Qurbonboyeva

Muhandislik sohasidagi respublika tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi
“Talimxabarlari.uz” Dilfuza Qurbonboyeva

Tanlovning Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tanlovda g‘olib bo‘lmagan, biroq dolzarb muhandislik yechimlarini taqdim etgan ishtirokchilar “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoniga tavsiya etildi.

Shuningdek, ishtirokchilarning ishlanmalarini takomillashtirish maqsadida ular uchun alohida tartibda “Bo‘lajak olim” tanlovi o‘tkazilishi belgilandi.

Muhandislik sohasidagi respublika tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi
“Talimxabarlari.uz” Dilfuza Qurbonboyeva

Muhandislik sohasidagi respublika tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi
“Talimxabarlari.uz” Dilfuza Qurbonboyeva

Batafsil g‘oliblar ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

Eng yaxshi g‘oya

Eng yaxshi loyiha

Eng yaxshi ixtiro

Innovatsion g‘oya yetakchisi

Barqaror rivojlanish uchun eng yaxshi ixtiro

Ma’lumot uchun, tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan talabalar, o‘qituvchilar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etgan. Ular alohida 3 toifada baholandi. Tanlovga muhandis.edu.uz platformasi orqali 1262 ta ariza qabul qilingan. Saralash bosqichda 1055 ta ariza texnik ekspertizadan o‘tgan va 135 nafar ishtirokchi yakuniy bosqichga yo‘llanma olgan.