Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi taqdirlandi

Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi taqdirlandi

Respublikadagi nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025-o’quv yili yakuni bo’yicha “Nodavlat ta’lim” ijtimoiy loyihasi tashabbusi bilan 20-iyuldan 10-avgustga qadar “Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi — 2025” ko’rik-tanlovi tashkil etildi.

 

To’liq jamoatchilik fikriga asoslangan ushbu tanlovda Toshkent va Namangan shaharlarida faoliyat olib borayotgan «University of Business and Science» (UBS) 23 042 ta ovoz bilan g’olib bo’lib, qatorasiga ikkinchi yil faxrli 1-o’rinni egalladi.

 

Eslatib o‘tish joizki, Bilim va malakalarni baholash agentligi saytidagi statistikaga koʻra ham UBS abituriyentlarda eng katta qiziqish uygʻotgan nodavlat universitet ekanligi haqida xabar bergan edik.

 

Avval e’lon qilganidek, g’olib OTMga “eng yaxshi nodavlat oliygoh” statuetkasi hamda maxsus sovg’alar topshirildi.

 

Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tish joizki, University of Business and Science Toshkent va Namangan shaharlarida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan litsenziya asosida kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shaklida 49 ta bakalavr, 14 ta magistratura, 5 ta doktorantura mutaxassisliklari bo’yicha tahsil berib kelmoqda.