Ingliz, nemis, arab va turk tillaridan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro’yxatga olish 30-avgustga qadar davom etdi.
To‘lovlar bugun, 31-avgustgacha(shu kuni ham) amalga oshirilishi lozim.
Ingliz, nemis, arab va turk tillaridan test sinovlari 13-14-sentabr kunlari bo’lib o’tadi.
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar ushbu rasmda keltirilgan.

